Ushbu bolalar samokati farzandingiz bilan birga “o‘sadi”. Rul balandligi 3 xil darajada (65 sm dan 85 sm gacha) sozlanadi, bu esa turli yoshdagi bolalar uchun qulaylik yaratadi. Ergonomik dizayni bolani to‘g‘ri holatda turishiga yordam beradi va xavfsiz haydashni ta’minlaydi.
Samokat mustahkam konstruktsiyaga ega bo‘lib, rul qismi ishonchli fiksator bilan jihozlangan. Balandlikni sozlash juda oson — hech qanday asbob talab qilinmaydi.
3 g‘ildirakli tizimi esa barqarorlikni oshiradi va bolalar uchun xavfsiz boshqaruvni ta’minlaydi.

