• Yumshoq va xavfsiz silikon material
• 0–3 yoshli bolalar uchun mos
• Milklarni yengil massaj qiladi
• Tish emalini shikastlamaydi
• Qulay va ergonomik dizayn
Birinchi tish paydo bo‘lishidan boshlab bolangizning og‘iz gigiyenasiga nozik va ishonchli g‘amxo‘rlik qiling. Ushbu yumshoq silikon tish cho‘tkasi chaqaloqlar va 0–3 yoshli bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, tishlar va milklarni xavfsiz tozalash hamda massaj qilish uchun yaxshi yechimdir.
Nozik sayqallangan yumshoq tuklar tish emalini shikastlamasdan, milklarni bezovta qilmasdan oziq-ovqat qoldiqlari samarali tozalaydi. Maxsus ergonomik shakli esa foydalanishda qulaylik yaratib, cho‘tka yuzasiga bir tekis bosim tushishini ta’minlaydi, bu esa bolaning nozik tishlari va milklarini mukammal tozalash imkonini beradi.
Yumshoq silikon materiali yordamida milklar yengil massaj qilinadi, bu esa tish chiqish davrida og‘riq va noqulaylikni kamaytirishga yordam beradi. Ushbu tish cho‘tkasi orqali bolangizni ilk kundan boshlab to‘g‘ri og‘iz gigiyenasiga o‘rgatishingiz mumkin. Kichkintoyingiz tish yuvish jarayonini quvonch bilan qabul qiladi!


