Pishgan tarvuz ko'rinishidagi yorqin dizaynga ega bo'lgan silikon bolalar tarelkasi — birinchi qo'shimcha ovqatlarni kiritish davrida ota-onalar uchun eng qulay yordamchidir. Ichki to'siqlari (seksiyalari) tufayli taomlarni (bo'tqa, meva, sabzavotlar) bir-biriga aralashtirmasdan chiroyli va qulay joylashtirish imkonini beradi.
Mustahkam vakuumli prisoska: Tarelka tubidagi maxsus so'rg'ich idishni ovqatlanish stoliga mahkam yopishtirib qo'yadi. Kichkintoy idishni ag'darib o'ynay olmaydi va polga tashlab yubora olmaydi.
- 100% xavfsiz oziq-ovqat silikoni: Yumshoq va qayishqoq material tarkibida zararli kimyoviy moddalar, bisfenol A (BPA Free) mavjud emas. Yiqilganda sinmaydi va bolaning nozik milklariga zarar yetkazmaydi.
- Ishtahani ochuvchi dizayn: Tarelka tubidagi tarvuz, limon va qulupnayning yorqin tasvirlari bola ovqatini yeb tugatgansari ochilib boradi va unda ovqatlanishga bo'lgan qiziqishni oshiradi.
- Amaliylik va oson parvarish: Silikon hidlarni o'ziga olmaydi va rangini yo'qotmaydi. Idishni mikrotolqinli pechda (mikrovolnovka) ishlatish va idish yuvish mashinasida yuvish mumkin.