Bolalar uchun mo‘ljallangan rivojlantiruvchi kartochkalar o‘yin orqali o‘rganish, fikrlash va diqqatni rivojlantirishga yordam beradi.
To‘plamlarda turli xil qiziqarli topshiriqlar mavjud: rasmlarni taqqoslash, bir xil juftlarni topish, soyani aniqlash, rasm bo‘laklarini topish, mantiqiy savollarga javob berish va boshqa foydali mashqlar.
Kartochkalar bolada:
• mantiqiy fikrlashni;
• diqqat va kuzatuvchanlikni;
• xotirani;
• rasmlarni taqqoslash qobiliyatini;
• mustaqil fikrlashni;
• mayda motorikani rivojlantirishga yordam beradi.
Har bir o‘yin to‘plamida 24 ta rangli kartochka mavjud.
Komplekt ichida maxsus yozib-o‘chiriladigan flomaster ham bor. Bola kartochkalarga flomaster bilan belgi qo‘yishi yoki javob yozishi mumkin. Mashg‘ulot tugagach, yozuvni o‘chirib, kartochkalardan yana qayta foydalanish mumkin.
Shu sababli kartochkalar bir martalik emas, ko‘p marotaba foydalanishga mos.
Yosh: 3+
Kartochkalar soni: 24 ta
Komplekt: 24 ta kartochka + maxsus yozib-o‘chiriladigan flomaster
Turi: rivojlantiruvchi va mantiqiy o‘yin
Til: o‘zbek tili
Mos keladi: uyda mashg‘ulot, bog‘cha, maktabga tayyorlov va sovg‘a uchun.
Bolaga zeriktirmasdan o‘rganish, fikrlash va yangi ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun foydali o‘yin.

