• Bolaning bosh shaklini to‘g‘ri rivojlantiradi
• 0 dan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mos
• Ikki tomonlama dizayn: yozgi (nafas oluvchi) / qishki (yumshoq)
• Anatomik chuqurcha boshni to‘g‘ri ushlab turadi
• Gipoallergen, hidsiz to‘ldirgich
• Kuchli havo aylanishi — terlashni oldini oladi
Bolalar uchun ortopedik yostiq — bu yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning sog‘lom rivojlanishi uchun maxsus ishlab chiqilgan mahsulot. 0 dan 12 oygacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bosh shaklining to‘g‘ri formalanishiga yordam beradi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bosh suyaklari hali yumshoq bo‘ladi, shuning uchun noto‘g‘ri yotish natijasida bosh shakli o‘zgarib ketishi mumkin. Ushbu ortopedik yostiq boshni markazda to‘g‘ri ushlab turadi va tekis bosh (plagiosefaliya) xavfini kamaytiradi.

Mahsulot ikki tomonlama dizaynga ega:
— 1-tomon: yumshoq va nozik mato, sovuq fasllar uchun ideal
— 2-tomon: maxsus honeycomb (tarmoq) struktura, yozda havo o‘tkazadi va issiqlikni kamaytiradi
Ichki to‘ldirgich yuqori sifatli paxta bo‘lib:
— hid chiqarmaydi
— allergiya chaqirmaydi
— uzoq muddat shaklini saqlaydi

Yostiqning o‘rtasidagi anatomik chuqurcha bolaning boshini to‘g‘ri joylashishini ta’minlaydi va uyqu paytida maksimal qulaylik beradi.
Afzalliklari:
✔ Bosh deformatsiyasining oldini oladi
✔ Havo aylanishini yaxshilaydi
✔ Terlashni kamaytiradi
✔ Yengil va qulay
✔ Oson yuviladi
✔ Ekologik va xavfsiz material
Bu yostiq bolangizning har faslda — bahor, yoz, kuz va qishda — tinch va sog‘lom uxlashini ta’minlaydi.


🧼Qo‘lda yuvish (Eng xavfsiz yo‘li): Tog‘oraga 30°C iliq suv quying va bolalar uchun suyuq kukun (gel) aralashtiring. Yostiqni suvga solib, ohista bosib-bosib yuving (ishqalamang yoki burab siqmang). Toza suvda yaxshilab chaying. Suvini ketkazish uchun uni shunchaki tekis yuzaga qo‘yib, ustidan sekin bosib suvini chiqaring.
🌀Kir yuvish mashinasida (Agar qo‘lda yuvishga vaqt bo‘lmasa): Yostiqni maxsus kir yuvish to‘riga (qop/ bag) soling. "Nozik yuvish" (Деликатный/Шелк) yoki "Yostiq" rejimini tanlang. Suv haroratini 30°C ga sozlang. Siqishni (Отжим) butunlay o‘chiring yoki maksimal 400 aylanishga qo‘ying.
💨 Quritish usuli Yostiqni osib quritish tolalarning bir tomonga yig‘ilib qolishiga olib keladi. Shuning uchun uni gorizontal (tekis) holatda, ostiga sochiq to‘shab, soya va shamol aylanadigan joyda quritish kerak. To‘g‘ridan-toug‘ri issiq quyosh nuridan yoki isitish batareyalaridan uzoqroq tuting.

