Ushbu to‘plam bolalar uchun mo‘ljallangan 4 ta tarbiyaviy kitobdan iborat bo‘lib, unda salomlashish, kechirim so‘rash, mehr-oqibat va birodarlik kabi muhim hayotiy qadriyatlar sodda va tushunarli tarzda yoritilgan. Rang-barang rasmlar va qiziqarli qahramonlar orqali bolalarda yaxshi xulq-atvor, hurmat va do‘stona munosabat ko‘nikmalari shakllanadi. To‘plam kichik yoshdagi bolalar tarbiyasida foydali qo‘llanma hisoblanadi.

