• Kapyushon-qalpoq bola boshini issiq ushlashga yordam beradi
• Qulay va bolani terlatmaydi, havo o'tkazadi
• Ichki yumshoq paxtali qavat bola terisini tirnamaydi, qichitmaydi va allergiya bermaydi
• Bolani uyg'otmasdan taglik almashtirish mumkin
• O'simliklardan olingan tabiiy bo'yoqlar ishlatilgan va bola terisi uchun xavfsiz
• Rangi chiqmaydi, oqarib qolmaydi, katushka bo'lmaydi
• Velcro mahkamlagich yaxshi yopishadi va ochilib ketmaydi
• Ayri oyoqchalar va ayiqcha formasi
• Ona qorni effektini beruvchi dizayn



Chaqalog'ingiz ko'p yig'lab uyg'onib ketadimi, uxlayotganida odeyoli ochilib qoladimi, yuzini yopinchiq yopib qolishidan qo'rqasizmi, taglik almashtirish qiyinmi, eski yo'rgaklash usullari bolangiz uchun noqulay deb hisoblaysizmi? Endi bizda yechim bor !!!
Bu konvert dizayni bola o'zini onasi qornidaday his qilishi uchun ishlab chiqilgan: bola qo'l-oyoqlari va boshi yo'rgak ichida bo'ladi, bunda bolajon o'zini onasi qornidaday xavfsiz his qiladi va qo'rqib uyg'onib ketmaydi, yaxshiroq uxlaydi, tashqi muhitga osonroq moslashadi.

Yoqimtoy ayiq shakli va quloqchalar, oyoqlarning ayri shaklidaligi qulaylik, chiroy baxsh etadi.
Yopishqoq lipuchkalar oson yopishadi va ochilib ketmaydi. Ular yordamida farzandingizni uyg'otmasdan tagligini almashtirishingiz mumkin.



