Ushbu bolalar uchun kartochkalar to‘plami kichik yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular orqali raqamlar, uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar, qushlar, mevalar va boshqa turli ob’ektlarni o‘rganish mumkin. Har bir kartochka rang-barang va chiroyli dizaynga ega bo‘lib, bolaning vizual xotirasi, tafakkuri va diqqatini rivojlantirishga yordam beradi. Kartochkalar yordamida bolalar o‘qish, nomlash va turli ob’ektlarni tanib olish ko‘nikmalarini o‘rganadilar, shuningdek, ta’lim jarayoni o‘yin shaklida qiziqarli va interaktiv bo‘ladi.

