- Premium sifatli trikotaj: Tashqi qismi silliq va zich trikotaj matosidan tikilgan. Mato ko‘p yuvilganda ham cho‘zilmaydi, shaklini yo‘qotmaydi va tiftiklanib (katishka) ketmaydi.
- Mayin va qalin nax (Fleece): Ichki qismi o‘ta yumshoq fleece qatlami bilan qoplangan. U tana haroratini bir me’yorda saqlaydi, badanni chaqmaydi ва qichishtirmaydi.
- Ishonchli va sifatli detallar: Yoqa qismidagi shnurlar mustahkam metall detallar (nakonechnik) bilan jihozlangan. Yeng uchlari (manjet) va kiyim pastidagi elastik ribana rezinkalari shamol kirishidan asraydi ва cho‘zilib ketmaydi. Tikuv detallari professional va yuqori sifatli ishlovga ega.
- Qulay kanguru cho‘ntak: Old qismidagi keng cho‘ntak qo‘llarni isitish yoki telefonga o‘xshash mayda buyumlarni solib yurish uchun juda qulay.
Parvarishlash bo‘yicha tavsiya:
30°C haroratda, kir yuvish mashinasining nozik (delikatniy) rejimida teskari qilib yuvish tavsiya etiladi. Suyuq yuvish vositalaridan foydalanish matoning va ichki naxining yumshoqligini uzoq vaqt saqlab qoladi.