Sumi salfetkalari xavfsiz va yumshoq tarkibga ega, hatto kichkintoylar uchun ham juda mos keladi.
Ular tarkibida alkogol, paraben, bo'yoq yoki hid beruvchi moddalar yo'q - bu esa, ularni qo’llash uchun mutlaqo xavfsiz qiladi.
Puxta o'ylab yaratilgan tarkibi tufayli ushbu salfetkalar hatto eng sezgir teriga ham mos keladi, ular qichish holati yoki allergiyaga olib kelmaydi, chunki ularning tarkibi dermatologik testlardan o'tgan va yangi tug'ilgan chaqaloqlardan tortib, bir yoshgacha bolajonlarga juda mos keladi.
Sumi salfetkalari mahkam va yumshoqlikni mukammal jamlagan, to'qilmagan matodan yaratilgan. Salfetkalar chaqaloqning terisini iz qoldirmasdan, astalik va yumshoqlik bilan tozalaydi. Hatto faol foydalanish orqali ham, salfetkalar yirtilmaydi va cho'zilmaydi, shuning uchun ularni bemalol va tashvishlarsiz ishlatish mumkin.
Sumi salfetkalar paketi qulay, havo o'tkazmaydigan klapan bilan jihozlangan bo'lib, ular qurib ketishiga yo'l qo'ymaydi va ularni yangiday va istalgan vaqtda ishlatishga tayyor holda saqlaydi.
Endi siz bir qo'lingiz bilan salfetkalarni olishingiz mumkin — bu, ayniqsa, chaqaloq sizning qo'lingizda bo'lgan holda yoki sizning e'tiboringizni talab qilgan holatda, juda muhimdir.
Salfetkalar to'plami ixcham va sumkaga yoki bolalar aravachasiga osongina joylashadi, shuning uchun ular har doim siz bilan — sayohatda, sayrda yoki hatto uyda ham birga bo’ladi.
Baby Mahalla do‘konida nam salfetkalarning 2 xil turi mavjud:
- 72 donali qadoq
- 102 donali qadoq

