Bolalar uchun futbol darvozasi — faol o‘yinlarni yaxshi ko‘radigan bolalar uchun a’lo sovg‘a. Hovlida, bog‘da yoki uy ichida foydalanish mumkin. Mustahkam plastikdan tayyorlangan bo‘lib, oson yig‘iladi va uzoq xizmat qiladi.
To‘plam ichida o‘yin uchun barcha kerakli jihozlar mavjud: futbol to‘pi, nasos va darvozani mustahkamlash uchun qoziqlar. Setkasi kuchli bo‘lib, zarbalarga bardosh beradi.
Yengil vazni sabab uni ko‘chirish va saqlash juda qulay. Bola koordinatsiyasi va jismoniy faolligini rivojlantiradi.

