Bolalar uchun chivinga va hashoratlarga qarshi bilaguzuk
Ushbu rang-barang, qiziqarli dizayndagi bilaguzuklar bolalarni chivin va boshqa hashoratlardan himoya qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Mahsulot quyidagi afzalliklarga ega:
1 yoshdan boshlab foydalanish mumkin
Tabiiy efir moylari asosida tayyorlangan
Zararsiz va bolalar salomatligiga hech qanday zarar keltirmaydi
Yumshoq silikon tasma tufayli qulay taqiladi
Chiroyli hayvonchali dizaynlar orqali bolalar uchun nafaqat foydali, balki o‘yinchoq kabi sevimli aksessuarga aylanadi.
Bolajoningizga quvonch bag‘ishlaydigan, rang-barang va chiroyli silikon bilakuzuklar! Ushbu bilakuzuklar tasodifiy tanlangan qahramon va rangda yetkaziladi. Har bir bilakuzukda yoqimli hayvoncha rasmi mavjud bo‘lib, ular bolaning e’tiborini tortadi va unga do‘stona kayfiyat ulashadi.
Mahsulot qiz bolalar va o‘g‘il bolalar uchun alohida ranglarda taklif etiladi. Bilakuzuk yumshoq va teriga zarar qilmaydigan yuqori sifatli silikondan tayyorlangan. Kundalik taqish uchun qulay, allergiyaga sabab bo‘lmaydi. Oson taqiladi va yechiladi – ayniqsa kichkintoylar uchun juda qulay.
🎁 Mahsulotlar harid vaqtida tasodifiy tarzda yuboriladi (qahramon va rang oldindan tanlab bo‘lmaydi). Bu esa har bir buyurtmani kutilmagan sovg‘aga aylantiradi!
🔹 Material: yuqori sifatli silikon
🔹 Hajmi: universal (moslashuvchan)
🔹 Dizayn: panda, sher, quyon va boshqa multfilm qahramonlari
🔹 Tavsiya etiladi: 2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga
🔹 Foydalanish joyi: bog‘cha, maktab, sayr, sovg‘a sifatida
Bu bilakuzuklar nafaqat o‘yinchoq, balki bolaning kayfiyatini ko‘taruvchi yoqimli aksessuardir!

