Ushbu boshlang'ich matematika kitobi maktabgacha va boshlang'ich sinf yoshidagi bolalar uchun mo'ljallangan. Kitob o'zbek va rus tillarida berilgan bo'lib, bolalarga sonlarni tanish, sanash, yozish, qo'shish, ayirish, shakllar va mantiqiy topshiriqlarni qiziqarli usulda o'rganishga yordam beradi. Rangli mashqlar va sodda topshiriqlar bolaning diqqatini jamlash, xotirasini mustahkamlash hamda mustaqil ishlash ko'nikmasini rivojlantiradi. Uy sharoitida, bog'cha va maktab darslari uchun mos.

