Tarelikaning asosiy afzalligi — uning ostidagi yechiladigan silikon so'rg'ichidir (lipuchka). U idishni bolalar ovqatlanish stoliga mustahkam yopishtirib turadi, bu esa bo'tqa yoki sho'rvalarning ag'darilib, to'kilib ketishining oldini oladi. Tarelka gipoallergen, ekologik toza bambukdan tayyorlangan bo'lib, issiq ovqatdan qizib ketmaydi va zararli moddalar ajratmaydi. Yog'och tutqichli qoshiqcha esa yumshoq silikon uchlikka ega. Bu bolajonlarning nozik milklari va birinchi tishlariga shikast yetkazmaydi hamda mustaqil ovqatlanish ko'nikmalarini oson rivojlantiradi.

