Sayr aravachasi — yengil, qulay va vazni kamaytirilgan ramaga ega aravachadir. Sayrlar va sayohatlar uchun juda mos keladi. Tutqichi va bamperi EKO-charm bilan qoplangan. Mustahkam materialdan tayyorlangan gʻildiraklarni damlash shart emas, ular teshilishdan qoʻrqmaydi. Qulaylik uchun oyoq qoplamasining oʻrtasida chokli chaqmoq (molniya) joylashgan.
Yumshoq qoplamali 5 nuqtali xavfsizlik kamarlari va yechiladigan-ochiladigan bamper koʻzda tutilgan. Sayr aravachasi tutqichdagi tugma yordamida bir qoʻlda osongina buklanadi, buklangan holatda ixcham boʻlib, yukxonada (bagajda) minimal joy egallaydi.

