Farzandingizning ijodkorligi, tasavvuri va mayda motorikasini rivojlantirish uchun ajoyib rang berish va applikatsiya kitobi. To‘plamda yorqin rangli sahifalar, qiziqarli mavzular va bolalar sevib bajaradigan applikatsiya mashg‘ulotlari jamlangan. Har bir kitob 20×28 sm formatda bo‘lib, turli dizayn va qahramonlar bilan taqdim etiladi.
Rasm chizish, rang berish, qirqish va yopishtirish orqali bolalarning tasavvuri, diqqatini jamlashi hamda qo‘l harakatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Uyda, bog‘chada va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin.

