Ushbu kitoblar bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, alifboni o‘rganish, harflarni to‘g‘ri tanish va yozishni bosqichma-bosqich rivojlantirishga yordam beradi. Rang-barang sahifalar, sodda va tushunarli mashqlar orqali bolalar o‘qish va yozishga qiziqish bilan yondashadi. Husnixat mashqlari esa harflarni chiroyli va aniq yozish ko‘nikmasini shakllantiradi.
Mazkur to‘plam bolalarning nutqi, tafakkuri va mayda motorikasini rivojlantirib, ularni maktabga puxta tayyorlaydi. Kitoblar oilaviy o‘qish va birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun ham juda qulay bo‘lib, ota-onalarga farzandlarining ta’lim jarayonida faol ishtirok etish imkonini beradi.

