"Bolalar uchun 6 daqiqa" kundaligi bolalarda ongli diqqat (mayndfulnes), hissiy intellekt, ijobiy fikrlash va intizomni rivojlantirishga yordam beradi. Har kungi voqealarni tahlil qilish va qayd etib borish orqali bola yaxshi narsalarni payqashni, o‘zining kuchli va zaif tomonlarini anglashni hamda foydali odatlarni shakllantirishni o‘rganadi.
Ushbu kundalik bolalar psixologiyasi hisobga olingan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, undagi ma’lumotlar o‘yin tarzida taqdim etiladi: yozuvlarni to‘ldirish jarayoni rasm chizish, savollarga javob berish, qiziqarli faktlar va foydali psixologik maslahatlar bilan uyg‘unlashtirilgan.

