Avvallari kichik bolalardan siydik tahlili olish ota-onalar uchun ancha qiyin jarayon edi: bankalar, noqulaylik, tahlil ifloslanishi xavfi va bola uchun stress. Ko‘pincha jarayonni qayta-qayta takrorlashga to‘g‘ri kelardi.
PineMed A.D ushbu muammoni hal qilish uchun yaratilgan zamonaviy tibbiy yechimdir. Bu maxsus bolalar tagligi bo‘lib, siydikni tabiiy jarayonda gigiyenik, tez va qulay tarzda yig‘ish imkonini beradi.
Mahsulot toza biologik namuna olishni ta’minlaydi va tashqi ifloslanish xavfini kamaytiradi. 0–11+ kg bolalar uchun mos bo‘lib, oddiy pampers kabi ishlatiladi.
Bugungi kunda PineMed A.D ota-onalar uchun eng qulay alternativ yechim bo‘lib, vaqtni tejaydi va bola uchun jarayonni yengillashtiradi.
Turli yoshdagi bolalar uchun mos bo‘lib, uchta o‘lchamda mavjud:
S (0–5 kg)
M (5–11 kg)
L (11+ kg)

