• Yarim zamok (molniya) — tez va qulay kiyiladi
• Yengil stoyka yoqa — bo‘yinni ishqalamaydi
• Yumshoq va nafas oladigan mato
• Printli dizayn — zamonaviy ko‘rinish
• O‘lchamlar: 90–170 sm
Bolalar uchun zamonaviy va qulay svitshot — kundalik kiyim uchun ideal tanlov. Model yarim zamok (molniya) bilan ishlangan bo‘lib, kiyib-yechishni osonlashtiradi va bo‘yin qismida qulaylik beradi. Yengil stoyka yoqa bola bo‘ynini to‘g‘ri o‘rab turadi, terini ishqalamaydi hamda sovuqroq kunlarda qo‘shimcha himoya qiladi.
Matosi yumshoq, teriga yoqimli va nafas oladigan tuzilishga ega — bola uzoq vaqt kiyib yurganda ham o‘zini erkin his qiladi. Old qismidagi BHUU CLUB yozuvli print kiyimga sportcha va zamonaviy ko‘rinish beradi. Tikuvlari puxta ishlanganligi sababli svitshot kundalik faol harakatlar, sayr, bog‘cha yoki maktab uchun mos.
O‘lchamlar diapazoni 90 sm dan 170 sm gacha bo‘lgani uchun kichik yoshdan o‘smir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun qulay tanlanadi. Svitshtotni jinsi shim, sport shim, legins yoki klassik kundalik kiyimlar bilan oson kombinatsiya qilish mumkin.

