3 yosh va undan katta bolalar uchun mo‘ljallangan ushbu bolalar cho'milish geli hamda shampuni bolaning nozik terisini va sochlarini ohista tozalaydi. Ushbu vosita bolalar kosmetikasi to‘plamida eng kerakli mahsulotlardan biri bo‘lib, dush geli sifatida tana va sochlarni ortiqcha quritmasdan va ko‘zlarni achishtirmasdan yuvish imkonini beradi.
Kodomo brendining ushbu vositasi Yapon sifat standartlari va formulasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan. Dush va cho‘milish jarayonida hosil bo‘ladigan mayin ko‘pik sochlarga va teriga muloyimlik bag‘ishlaydi. Yosh bolalar uchun har kuni foydalanishga to‘liq mos keladi hamda har qanday bolalar tovarlari qatorida gigiyena va tozalikni ta'minlaydi.
Ehtiyojingizga qarab 100 ml (sayohat va yo‘l uchun), 200 ml va tejamkor 400 ml hajmlardan birini tanlashingiz mumkin. Qulay idish va dozator ushbu bolalar shampunidan oson hamda tejamkor foydalanish imkonini yaratadi.

