Bolajonlar uchun zamonaviy va juda issiq 2 qismli qishki kiyim to'plami. To'plam tugmali qavilgan bomber kurtka va qulay shimdan iborat. Yumshoq va shamol o'tkazmaydigan matodan tayyorlangan bo'lib, ichki qismi issiq sintepon bilan to'ldirilgan. Yeng, yoqa va shim poychalaridagi elastik trikotaj manjetlar sovuq havo kirishidan himoya qiladi. Old qismida ikkita chuqur cho'ntagi mavjud. Kundalik sayr, bog'cha va salqin-sovuq kunlar uchun ajoyib tanlov.
Mahsulot xususiyatlari:
• Mahsulot turi: Bolalar qishki kiyim to'plami (dvoyka)
• Komplekt: 2 dona (kurtka-bomber va shim)
• Rangi: Malla (kofe rang)
• O'lchamlari: 90 (1,5–2 yosh), 100 (2–3 yosh), 110 (3–4 yosh)
• Mavsum: Qish, kech kuz, erta bahor
• Jinsi: Universal (o'g'il va qiz bolalar uchun)
• Mahkamlagich turi: Tugmalar

