• Yengil va xavfsiz puflama material
• Rangli dizayn bolalar uchun qiziqarli
• Uyda va tashqarida o‘ynash uchun mos
KOPTOKLAR
Bolalar uchun puflama koptok — qiziqarli o‘yinlar uchun ajoyib tanlov. Ushbu koptok rangli va chiroyli dizayni bilan darrov e’tibor tortadi, ayniqsa tarvuzga o‘xshash ko‘rinishi bolalarga juda yoqadi. Qizaloqlar ham, o‘g‘il bolalar ham bemalol o‘ynashi mumkin,ajoyib o‘yinchoq hisoblanadi.
Koptok puflama bo‘lgani uchun juda yengil va xavfsiz. Bola uni urib o‘ynaganda jarohat olish ehtimoli deyarli yo‘q, shu sabab ota-onalar uchun ham xotirjam variant. Bolalar yugurib, sakrab, faol o‘ynashi uchun motivatsiya beradi va jismoniy faollikni oshiradi.
Ushbu koptokni hovlida, bog‘da, uy ichida yoki sayr paytida ishlatish mumkin. Plyajda, piknikda yoki safarda ham olib yurish juda qulay — havo chiqarib kichkina qilib yig‘ib qo‘yish mumkin.
Materiali mustahkam va sifatli, oddiy foydalanishda tez yorilib ketmaydi. Puflash oson, uzoq vaqt shaklini saqlab turadi. Ranglari o‘chmaydi, tashqi ko‘rinishi uzoq vaqt chiroyli bo‘lib qoladi.
Bu koptok nafaqat o‘yinchoq, balki bolalar uchun foydali rivojlantiruvchi vosita hamdir — koordinatsiya, harakat va reflekslarni rivojlantirishga yordam beradi. Tug‘ilgan kun, bayram yoki oddiy sovg‘a sifatida ham juda yaxshi .