• Bolalar uchun “Doktor o‘yinchoqlar to‘plami” – bu nafaqat o‘yinchoq, balki ta’limiy va rivojlantiruvchi vosita bo‘lib, farzandingizga haqiqiy shifokor kabi his qilish imkoniyatini beradi.
• Har bir bola o‘z hayotida bir marta bo‘lsa ham “doktor” o‘yinini o‘ynashni yoqtiradi, ayniqsa agar u qulay o'ramdada joylashgan, sifatli, yorqin rangli va xavfsiz materiallardan tayyorlangan bo‘lsa.To‘plam yuqori sifatli plastmassadan tayyorlangan
• U 16 ta detalni o‘z ichiga oladi:shprits,termometr,qaychi, ko‘zoynak, dorilar uchun qutilar, bolg‘acha va boshqa ko‘plab realistik tibbiy asboblar mavjud. Har bir detal bolaning yoshiga mos tarzda ishlab chiqilgan
• Bundan tashqari, bu to‘plam farzandingizning diqqatini, mayda motorika harakatlarini va koordinatsiyasini rivojlantirish uchun juda foydali. O‘yin davomida u sabrli, e’tiborli va mehribon bo‘lishni o‘rganadi.
• Har bir o‘yin orqali u nafaqat zavqlanadi, balki yangi bilimlar ham oladi. Bu o‘yinchoq 3 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Uyda, bolalar bog‘chasida yoki maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalanish uchun ajoyib tanlov.


