„Bolalar uchun polga mo‘ljallangan to‘plari va basketbol halqasi bor o‘yin maneji — xavfsiz va qiziqarli o‘yin maydonini yaratishni istagan ota-onalar uchun ideal yechimdir. U bolaga erkin harakatlanish va rivojlanish imkonini berib, uydagi ajralmas yordamchingizga aylanadi.“
Kichkintoylar uchun mo‘ljallangan ushbu o‘yin maneji to‘plari bor quruq basseyndan iborat bo‘lib, farzandingizning har bir kunini yorqin quvonchli his-tuyg‘ularga to‘ldiradi. Mustahkam karkasi (asosi) va yumshoq poli tufayli uni har qanday xonaga osongina o‘rnatish mumkin bo‘lib, o‘yinlar davomida qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi.
Bolalar o‘yin majmuasi — bu farzandingiz uchun qiziqarli va xavfsiz o‘yin maydonidir. Baland yon devorlarga ega maxsus to‘siq konstruksiyasi bolaning tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, to‘rdan ishlangan shaffof devorlar esa ichkarini a’lo darajada ko‘rsatib turadi va sizga faol o‘yinlar paytida ham bolajonni to‘xtovsiz kuzatib turish imkonini beradi. Chaqmoqli (molniyali) eshikcha bola uchun ichkariga kirib-chiqishni qulay va oson qiladi, shuningdek, sizga istalgan vaqtda u bilan muloqot qilish imkonini beradi.
Agar siz go‘daklar uchun eng yaxshi mahsulotlarni qidirayotgan bo‘lsangiz, unda ushbu manej aynan siz qidirgan narsadir. Farzandingiz o‘zining shaxsiy hududida o‘yindan zavqlanib, o‘zini sehrli dunyodagidek his qiladi.
Bu nafaqat o‘yin o‘ynash joyi, balki farzandining xavfsiz joyda ekanligini bilgan ota-onalar uchun biroz dam olish imkoniyatidir. Ushbu ajoyib sovg‘a bilan jajji farzandingizga quvonch va qulaylik hadya eting! Mahsulot ikki xil zamonaviy rangda — sarg‘ish-jigarrang (bej) va kulrangda taqdim etilgan bo‘lib, bu uni har qanday xona interyeriga osongina moslashtirish imkonini beradi.

