
Yumshoq sweatshirt va elastik belbog‘li shimdan iborat komplekt kundalik kiyishga mos.
Bog‘cha, sayr, uyda o‘ynash va faol harakatlar uchun qulay tanlov.
Oq rangli ustki qismdagi Polo yoki Boss dizayni kiyimga zamonaviy ko‘rinish beradi.
Bej rang shim esa universal va oson moslashadi.
Shimdagi yon cho‘ntaklar mayda buyumlarni solishga qulay. Elastik bel qismi bolaga erkin harakat qilish imkonini beradi.
Yumshoq mato kundalik kiyishda yoqimli. Sportivka uslubidagi komplekt o‘g‘il bolalar garderobiga mos tushadi.


