• Yosh toifasi: 3 yoshdan oshgan bolalar uchun
• Xavfsizlik: Gipoallergen tarkib, bolalar terisi uchun xavfsiz
• Keys: Yaltiroq teksturali, metall tutqichli, mustahkam korpus
• Ko'zgu: Himoya plyonkasi bilan qoplangan xavfsiz ko'zgu
• To'plam tarkibi: Lab bo'yog'i, ko'z uchun soyalar, tirnoq laklari, makiyaj cho'tkalari, nakladnoy tirnoqlar va syurpriz-sovg'a
Har bir kichik malika onasining pardoz buyumlariga qiziqish bilan qaraydi. Bolalar kosmetikasi to'plami — bu nafaqat o'yinchoq, balki qizingizning o'ziga xos uslubini yaratishdagi ilk qadamidir. Yaltiroq va mustahkam chamadoncha ichida haqiqiy makiyaj va manikyur uchun barcha zarur vositalar jamlangan.
Ushbu to'plam bolaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi va estetik didni shakllantiradi. Barcha mahsulotlar bolalar salomatligi uchun xavfsiz tarkibga ega bo'lib, terida noqulaylik tug'dirmaydi. Yaltiroq keys esa barcha vositalarni tartibli saqlash va o'zi bilan mehmonga yoki sayohatga olib yurish uchun juda qulay.
To‘plam ichida bolajoningizni yoqimli syurpriz kutmoqda! Sovg‘a sifatida turli xil mini syurprizlardan biri tushadi: plastilin, pazl, braslet yasash uchun biserlar, ko‘rsatkich tayoqcha, Kubik Rubik, mini ventilyator, moda ko‘zoynagi yoki yoyo. Har bir ochilish bolaga yanada ko‘proq quvonch va hayajon bag‘ishlaydi!

