Pardoz va tirnoq parvarishi uchun moʻljallangan barcha vositalar bir joyda jamlangan. Ushbu bolalar nabori kichik yoshdagi qizlarga ijodiy obrazlar yaratish va pardoz qilish imkonini beradi. Har bir vosita suv bilan oson yuviladi va foydalanish uchun qulay.
TO'PLAMDA NIMA BOR
• Yaltiroq 9 ta soyali qovoq bo'yog'i paletkasi
• 6 ta mat soyali qovoq bo'yog'i paletkasi
• 2 si 1 da bo'yoq surtish uchun aplikator (cho'tka va qalam)
• Zargaldoq rangli tirnoq bo'yog'i
• Binafsha rangli tirnoq bo'yog'i
• Oyoq barmoqlari uchun yaltiroq ajratgich
• Yaltiroq bezakli yurakcha
• Tirnoqlar uchun yopishqoq stikerlar
QANDAY ISHLAYDI
Qovoq bo'yoqlari aplikator yordamida qovoqlarga oson surtiladi va turli pardoz uslublarini sinab ko'rishga yordam beradi. Tirnoq bo'yoqlari yorqin rang hamda jilo beradi, barmoqlar ajratgichi esa bo'yoqni tartibli surtishga ko'maklashadi. Bezakli stikerlar tirnoq manikyurini yanada o'ziga xos qiladi. Barcha vositalar oddiy suv bilan yuvib tashlanadi.
KIMGA MOS KELADI
Go'zallik va modaga qiziqadigan qiz bolalar uchun o'yinchoqlar to'plami juda mos keladi. U bolalarda ijodiy qobiliyatni, tasavvurni hamda qo'l motorikasini rivojlantiradi. Syujetli o'yinlar, bayramlar yoki shunchaki vaqtni qiziqarli o'tkazish uchun qiz bolaga sovgalar sifatida tanlanadi. Mahsulot 3 yoshdan oshgan bolalar uchun mo'ljallangan.
XAVFSIZLIK VA PARVARISH
Kosmetika vositalari bolalar uchun xavfsiz materiallardan tayyorlangan. Ishlatishdan oldin terining kichik qismida sinov testini o'tkazish tavsiya etiladi. Ko'zga tushishidan saqlaning. Foydalanib bo'lingach, idishlarni zich yoping. To'plamni quyosh nuri tushmaydigan va quruq salqin joyda saqlang.
Ushbu qiz bolalar uchun o'yinchoq to'plami farzandlar va ularning do'stlari uchun ajoyib mashg'ulotdir. Uyda va mehmonchilikda o'ynash mumkin bo'lgan qiz bolalar o'yinchoqlari ijodiy fikrlashni shakllantiradi.
Kichkintoylar uchun mo'ljallangan detskiy nabor har bir qizning o'zini malika kabi his qilishiga yordam beradi. Har qanday bayram va tug'ilgan kun uchun qiz bolalar uchun sovg'a tariqasida taqdim etish mumkin.
Bo'sh vaqtni mazmunli o'tkazish uchun o'yinchoq nabor yordamida turli pardoz va manikyur uslublarini yaratish qiziqarli mashg'ulotga aylanadi.

