• Yoz uchun setkali (trucker) dizayn — havo yaxshi o‘tadi
• Dekorativ ko‘zoynakli original ko‘rinish
• Soyabon quyosh nurlaridan himoya qiladi
• Yengil va kundalik kiyishga mos
• Bir nechta rang variantlari (ko‘k, qizil, oq, jigarrang)
Ushbu bolalar kepkasi — yozgi mavsum uchun qulay, yengil va juda original dizaynga ega aksessuar. Kepka beysbolka shaklida bo‘lib, orqa qismi setkali (trucker) ishlangan. Bu esa issiq havoda bosh terlashini kamaytiradi va havo yaxshi aylanishiga yordam beradi.
Modelning eng asosiy “fишка”si — kepkaning old qismiga o‘rnatilgan dekorativ ko‘zoynak. Bu dizayn bolalar uchun juda qiziqarli ko‘rinadi, suratga tushganda ham chiroyli chiqadi. Kepkaning soyaboni yuzni quyosh nurlaridan himoya qiladi va ko‘zga tushadigan yorug‘likni kamaytirishga yordam beradi.
Rang kombinatsiyalari zamonaviy va bolalar kiyimlari bilan oson moslashadi: och ko‘k-jigarrang, ko‘k-qizil, ko‘k-oq. Kepka kundalik sayr, bog‘cha, dam olish, sayohat va yozgi o‘yinlar uchun juda mos.
Bu mahsulot bolalar uchun ham qulay, ham ko‘rinishidan “trend” bo‘lgan yozgi bosh kiyim hisoblanadi.

