Bolalar uchun futbol darvozasi to‘plami — faol o‘yinlar va sportga qiziqishni rivojlantirish учун ajoyib tanlov. Ushbu mini futbol seti darvoza, to‘r, futbol to‘pi, nasos va trening konuslardan iborat bo‘lib, bolalar uchun to‘liq o‘yin muhiti yaratadi. Uy ichida yoki hovlida o‘ynash uchun mos keladi.
Darvoza yengil va yig‘ilishi oson konstruksiyaga ega. Bolalar uni tezda o‘rnatib, o‘yinni boshlashlari mumkin. To‘r mustahkam bo‘lib, to‘pni yaxshi ushlab qoladi. To‘plamdagi konuslar esa kichik mashg‘ulotlar o‘tkazish, chaqqonlik va tezlikni oshirish uchun xizmat qiladi.
Ushbu futbol seti bolalarning jismoniy faolligini oshiradi, koordinatsiya va tezkorlikni rivojlantiradi. Do‘stlar bilan birga o‘ynash orqali ijtimoiy ko‘nikmalar ham shakllanadi. Futbolga qiziqqan bolalar учун aynи muddao.
Afzalliklari:
— Darvoza, to‘r, to‘p va nasos bir to‘plamda
— Yengil va tez yig‘iladi
— Uy va tashqarida foydalanish mumkin
— Sportga qiziqishni rivojlantiradi
— Trening konuslar bilan mashg‘ulot imkoniyati
Qo‘llash tavsiyasi: tekis joyda o‘rnatish tavsiya etiladi. Kichik yoshdagi bolalar kattalar nazorati ostida o‘ynashi kerak.
Bu futbol to‘plami tug‘ilgan kun, bayramlar yoki oddiy sovg‘a sifatida bolalarni xursand qiladi ва faol o‘yinларга undaydi.


