Mening eng birinchi ensiklopediyam
Ushbu kitob yordamida kattalar kichkintoylarning ko‘pdan-ko‘p savollariga osongina javob topa olishadi. Bolajonlar esa, kitobni mustaqil o‘qigach, butun koinot haqida ma’lum bir tasavvurga ega bo‘lishadi, hayvonot olami bilan tanishadi, odam tanasi nimalardan tuzilganini bilib olishadi. Bundan tashqari, ular o‘z yoshlari doirasida texnika, san’at olami haqida zarur bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.