Farzandingiz uyni o'rganishni va emaklashni boshladimi? Ushbu yumshoq va qulay bolalar tizzaliklari chaqalog'ingizning nozik tizzalarini qattiq polda shilinish, ko'karish va jarohatlardan ishonchli himoya qiladi.

Afzalliklari va xususiyatlari:
- Ishonchli himoya: Tizza qismidagi maxsus yumshoq qoplama zarbni kamaytiradi va emaklash paytida og'riqni oldini oladi.
- Sirpanishga qarshi: Maxsus silikon naqshlari tufayli bola laminat yoki kafel ustida sirpanib ketmaydi.
- Sifatli va nafas oluvchi mato: Yuqori sifatli paxtadan (xlopok) tayyorlangan bo'lib, havo o'tkazadi va bolaning terisini terlata olmaydi.
- Universal o'lcham: Elastik matosi tufayli 6 oylikdan 2 yoshgacha bo'lgan o'g'il va qiz bolalarga birdek tushadi, oyoqni siqib qo'ymaydi.