Bolalar elektr mashinalari va kvadrotsikllari harakat yo'nalishini boshqarish uchun maxsus 3 rejimli o'tish tugmasi (pereklyuchatel)!
Ushbu universal tugma yordamida kichkintoylar mashinani osonlik bilan oldinga (Forward), neytral holatga (Stop) hamda orqaga (Back) boshqara oladilar. Tugma bolalar moshinalarining standart panellariga mukammal joylashadi va bosishga juda qulay.
Korpus va tashqi qismi bolalar salomatligi uchun xavfsiz va zarbga chidamli plastikdan tayyorlangan. Ichki qismidagi 6 ta kontaktli chiqishi elektr zanjirining xavfsiz va qizib ketmasdan ishlashini ta'minlaydi. Buzilgan, kontaktlari erigan yoki sinib qolgan eski moshina tugmalarini almashtirish uchun eng yaxshi ehtiyot qism.

