Bolakay, Ko‘rsichqon, Tulki va Tulpor
Kitobni o‘qishni eng boshidan boshlading va bu juda ajoyib. Men odatda o‘rtasidan boshlayman va hech qachon muqaddimani o‘qib o‘tirmayman. Aslida kitob yozganimning o‘zi hayratlanarli, sababi o‘zimni namunali kitobxon deyolmayman. Haqiqat shundaki, men ko‘proq suratlarga mubtaloman: ular orollarga o‘xshaydi, so‘zlar dengiziga sho‘ng‘ish uchun boriladigan makonlarga.
Ushbu kitob hamma uchun. Sakson yosh bo‘lamanmi, sakkizmi — farqi yo‘q. Zero ba’zan o‘zimni har ikki yoshdagidek his qilaman.
Bu kitobni har qayerda va har qachon miriqib o‘qiydigan o‘quvchisi bo‘lishini istardim. Xohlasang, o‘qishni o‘rtasidan boshla. Kitobning ichiga yozib-chizib tashla, sahifalari chetlarini buklab qo‘y va hatto unda qo‘llaring izi ko‘rinib qolsin.
Muqova qattiq

