1–3 yoshli bolajonlar uchun mo‘ljallangan ushbu maxroviy shapka qishning eng sovuq kunlarida ham issiqlikni saqlab turadigan yumshoq, yoqimli va havo o‘tkazuvchi materialdan tayyorlangan. Maxrovi qalin, mayin va teriga juda shirin tegadi – bolaning boshini bezovta qilmaydi, allergiya chaqirmaydi va kundalik taqishga juda mos.
Shapkaning bosh aylanasiga mos o‘lchami – 55 sm, elastik tuzilma esa bolaning boshiga nozik tarzda yopishib, qulay o‘tirishini ta’minlaydi. Qiz va o‘g‘il bolalarga birdek yarashadigan universal dizaynda tikilgan bo‘lib, shkafdagi har qanday kurtka, kombinezon yoki sviter bilan oson moslashadi.
Maxsus issiq qatlam tufayli shamol o‘tmaydi, quloqlarni yaxshi yopadi, kichkina bolajonning sog‘lig‘ini himoya qiladi. O‘yin maydonchasida, bog‘chaga borishda yoki sayr chog‘ida ideal tanlov.

