Votergeyt mojarosi va prezident Niksonning iste’fosiga sabab bo‘lgan jurnalistik surishtiruvning dunyoga mashhur muallifi, Pulitser mukofoti laureati Bob Vudvord AQShning eng munozarali prezidenti - Donald Trampni tanqid qilishga kirishdi. Tramp qanday qilib prezidentlikka nomzod bo‘lib qoldi? U haqiqatan ham so‘nggi lahzagacha g‘alabasiga ishonmaganmi? Unga prezident bo‘lishida kim va qanday yordam berdi? Uning qattiqqo‘l va nomuvofiq boshqaruv usullari yaqin atrofidagilarga, mamlakatga va butun dunyoga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda? Trampdan kelajakda qanday natijalarni kutishimiz mumkin?
Muallif insayderlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘zlari va sahna ortida olib boriladigan suhbatlar yozuvlari orqali o‘quvchini Oq uy ma’muriyati yashaydigan va faoliyat yuritadigan muhitga cho‘mdiradi, jahon miqyosidagi muammolar aslida qanday hal etilishini hayratlanarli samimiyat bilan ko‘rsatadi. Vudvord faqat faktlarga tayanadi: hujjatlar, sanalar, uchrashuvlar va voqealarning bevosita ishtirokchilari bilan suhbatlar.

