Zamonaviy shift lyustrasi sifatli yoritish va musiqa tinglash funksiyasini birlashtiradi. Ikki dona standart E14 patronga kerakli lampochkalarni o‘rnatish mumkin. Bluetooth orqali smartfonni ulab, sevimli musiqangizni ichki MP3 kolonkada tinglaysiz. Barcha funksiyalar qulay pult yordamida boshqariladi. Xrom rangli korpus va dekorativ yorug‘lik halqalari zamonaviy interyerga chiroyli ko‘rinish beradi. Lyustra yotoqxona, mehmonxona, bolalar xonasi yoki 15 m² gacha bo‘lgan xonalar uchun mos. O‘rnatilishi oson, ovozi toza va konstruktsiyasi ishonchli.

