Bloody R72 Pro Duo yuqori tezlik va aniqlik talab qiladigan FPS hamda boshqa o‘yinlar uchun ishlab chiqilgan. Undagi PAW3395 Gaming Optical Engine sensori dastur orqali 50 dan 26 000 CPI gacha sozlanadi. Tracking tezligi 650 IPS, maksimal tezlanish esa 50G.
Simsiz rejim 2.4 GHz orqali ishlaydi va Bloody 1 ms wireless transmission hamda 1000 Hz gacha report rate ko‘rsatadi. Ishlash masofasi rasmiy spetsifikatsiyada 10 metrgacha. Sichqonchani USB Type-C kabeli orqali simli rejimda ham ishlatish mumkin.
“Duo” versiyasining asosiy farqi — ikkita 2.4 GHz qabul qiluvchi yechimidir: L++ Multi-Function Receiver Dock + Nano USB Receiver. Sichqonchaning pastki qismidagi switch orqali kerakli receiverni tanlash mumkin.
L++ dok nafaqat receiver, balki magnitli Snap-On zaryadlash stansiyasi sifatida ham ishlaydi. Unda 4 bosqichli batareya indikatori mavjud. Sayohat yoki noutbuk bilan ishlash uchun esa ixcham Nano receiver ishlatiladi.
Ichki 300 mAh litiy batareya bir zaryadda 80 soatgacha ishlashi mumkin. To‘liq zaryadlash vaqti 1.5 soatgacha.
Sichqoncha atigi 70 g vaznga ega. RapidSnap Rebound Technology tugmalarning tez va barqaror qaytishini ta’minlashga mo‘ljallangan. Bloody rasmiy rus sahifasida 7 ta tugma ko‘rsatilgan.

