BLEU DE CHANEL — erkinlik, kuch va nafislikni ifodalovchi hashamatli, zamonaviy erkaklar atiri.
Atir sitrus mevalari, limon va yalpizning tetiklantiruvchi ifori bilan ochiladi. Yurak notalarida zanjabil va muskat yong‘og‘ining o‘ziga xos ifori namoyon bo‘ladi. Yakunda sandal daraxti, kedr, amber, ladan va pachulining boy ifori chuqur hamda uzoq saqlanadigan shleyf qoldiradi.
BLEU DE CHANEL — o‘ziga ishongan, zamonaviy va uslubni qadrlaydigan erkaklar uchun ajoyib tanlov.

