Nikolas va Noa munosabatlari o‘zining eng og‘ir davrini boshdan kechirmoqda va endi hech narsa avvalgidek bo‘lmaydigandek tuyuladi... Ular haqiqatan ham bir-birlari uchun yaratilganmi yoki aslida birga bo‘lishlari taqdirda yozilmaganmi — mana shu savolga javob topish uchun ko‘p sinovlardan o‘tishlariga to‘g‘ri keladi.
Ammo bunchalik kuchli muhabbatni unutishning iloji bormi? Axir yurakka muhrlanib qolgan xotiralarni qanday qilib o‘chirib tashlash mumkin?
Ba’zida muhabbatning o‘zi, ba’zida esa kechirimning o‘zi vaziyatni o‘nglashga yetarli bo‘lmaydi. Ular o‘tmishni ortda qoldirib, hayotni qaytadan boshlay olarmikanlar?

