Haqiqiy rahbar qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak? Boshqaruvni qanday o‘rganish mumkin va kompaniyaga haqiqiy foyda keltirish hamda professional sifatida o‘z qadringizni oshirish uchun nimani bilishingiz zarur? Business Made Simple kompaniyasi rahbari, "Story Brand Method" va "Marketing Made Simple" bestsellerlari muallifi Donald Miller o‘zining yangi kitobida qimmat biznes ta’lim kurslari o‘rnini bosa oladigan 60 ta saboqni jamlagan. Kuniga bitta darsni o‘zlashtirib, atigi ikki oy ichida boshqaruv, savdo, marketing ko‘nikmalarini rivojlantirasiz, shaxsiy samaradorligingizni oshirasiz. Kitob talabgir mutaxassis bo‘lishni, biznesda muvaffaqiyatga erishishni va kompaniya daromadini oshirishni istagan har bir kishi uchun foydali bo‘ladi.

