Nibler to'liq yuqori sifatli, gipoallergen ozuqa silikonidan tayyorlangan. Kichik teshiklarga ega yumshoq silikon to'rcha (setka) bolaning nozik milklari va tiliga zarar yetkazmaydi, oson yuviladi, meva sharbatidan qoraymaydi va tarkibida zararli kimyoviy moddalar (BPA-free) mavjud emas. Modelning o'ziga xos afzalligi — uning ko'p funksiyali yon tutqichlaridir. Tutqichlar maxsus massaj bo'rtmachalari bilan qoplangan bo'lib, buning evaziga nibler bir vaqtning o'zida tish qichitqi (tishlagich) vazifasini ham bajaradi va tish chiqish davridagi og'riqlarni samarali qoldiradi. Tutqichlar shakli bolaning kichkina kaftiga juda mos keladi, bu esa qo'l motorikasini rivojlantirishga yordam beradi. Moslama gigiyenik jihatdan xavfsiz, oson qismlarga ajraladi ва qaynoq suvda zararsizlantirish mumkin.

