Siz azizlarga ushbu testlar to‘plamini BIOLOGIYA fanidan kerakli masalalarni oson va qulay o‘zlashtirib olishingiz uchun taqdim etmoqdamiz. Mazkur kitobda avval mavzuga doir nazariy ma’lumotlar so‘ng esa, savollarning qiyinlik darajasi osondan murakkablashib boradigan masalalar berilgan. O‘rgangan masalalarni mustahkamlashingiz uchun har bir tipdagi savollardan 5–10 tadan tuzib chiqishga harakat qildik. To'plam biologiya fani ustozlari, talabalar, abituriyentlar va barcha fan ixlosmandlariga tavsiya etiladi.

