“Binafsha shu’lasi” — Usoma Muslimning kitob, insonning ichki dunyosi va ruhiy o‘zgarishlar mavzusiga bag‘ishlangan badiiy romanidir.
Asarning markaziy qahramoni — Hayo. U dastlab hayotini zerikarli va ma’nosiz his qiladigan, o‘zini yo‘qotib qo‘ygandek tuyadigan qiz sifatida tasvirlanadi. Uning hayotida kitoblarning paydo bo‘lishi bilan voqealar va qarashlar asta-sekin o‘zgaradi. Avval tasodifan boshlangan mutolaa keyinchalik uning hayotining muhim qismiga aylanadi.
Kitoblar Hayo uchun shunchaki o‘qish vositasi bo‘lib qolmaydi: ular uning ichki savollariga javob izlashiga, o‘zini anglashiga va hayotga boshqa nigoh bilan qarashiga sabab bo‘ladi. Asarda mutolaaning inson tafakkuri va ruhiy dunyosiga ta’siri badiiy voqealar orqali ochib beriladi.
Ikkinchi qismda esa birinchi qismda boshlangan voqealar davom etib, Hayo va boshqa qahramonlarning taqdiri, ichki kechinmalari hamda ular duch keladigan sirli va kutilmagan voqealar yanada chuqurlashadi. Asarda do‘stlik, muhabbat, jasorat, kechirim, qalb pokligi va insonning ruhiy o‘sishi kabi mavzular ham davom ettiriladi.

