• ISBN 978-9943-8118-8-1 - 240 bet - Kiril alifbosi - Muallif: Isajon Sulton - Bilga hoqon - ROMAN, QISSALAR va HIKOYALAR
O‘zbek tarixiy-badiiy nasrida qadimgi turkiylar hayoti qalamga olingan asarlar juda kam. Xususan, turkiy olamda mashhur Bilga qo‘qonning badiiy siymosi nasrimizda so‘nggi besh-olti yildan berigina gavdalana boshladi. Rahimjon Otauli qalamiga mansub “Bilga qo‘qon dostoni”, adashmasam, nasrimizda qadim ajdodimiz obrazini yaratish yo‘lidagi ilk tajriba o‘laroq dunyoga kelgan bo‘lsa, Isajon Sultonning “Bilga qo‘qon” romani bu boradagi dadil qadam deya ko‘rsatilishga loyiqdir.



