Bilaguzuk mis asosda tayyorlangan, ustiga 18 karat sariq tilla yugurtirilgan. Fianit ko'zlar buyum bo'ylab joylashgan va qo'l harakatlanganda yaltirab turadi. Qoplamaning iliq sariq tusi jigarrang, bej va qora kiyimga mos tushadi. Bilaguzukni yolg'iz yoki xuddi shu tusdagi ingichka buyumlar bilan birga taqish mumkin. Dush, sport va uyqudan oldin yeching, suv tegsa quruq arting, qoplama tirnalmasligi uchun alohida xaltachada saqlang.

