Bilaguzukning asosi misdan, sirtiga 18 karat tilla yugurtirilgan. Bezak fianit toshi bilan tugallangan, tiniq tosh nurni tutib, oddiy kiyimda ham bilaguzukni yaqqol ko'rsatadi. Qoplamaning issiq rangi bej, jigarrang va oq tusdagi kiyimga, shuningdek shu rangdagi soat yoki uzukka yarashadi. Bilaguzuk ish joyiga, sayrga va oilaviy bayramga mos tushadi. Qoplama uzoq muddat tekis turishi uchun bilaguzukni dush, basseyn va sportdan oldin yeching, alohida qutida saqlang, taqqandan keyin quruq yumshoq mato bilan arting. Atir va kremni metallga surtmang.

