BIG LASH kiprik tushlari — ko‘z makiyajini yanada chiroyli va ifodali qilish uchun mo‘ljallangan 3 xil variant: klassik OnColour BIG LASH, hajm va qayrilish effektini beruvchi Essence Get BIG! Lashes Volume Curl hamda suvga chidamli OnColour BIG LASH Waterproof.
Har bir variant o‘ziga xos xususiyatga ega, shuning uchun kerakli natijaga qarab o‘zingizga mos tushni tanlashingiz mumkin.
Klassik BIG LASH kundalik makiyaj uchun mos bo‘lib, kipriklarni ajratib ko‘rsatadi va nigohni yanada ifodali qiladi.
Essence Get BIG! Lashes Volume Curl kipriklarga ko‘proq hajm berish va ularning qayrilgan ko‘rinishini ta’kidlashni istaganlar uchun mos. Kundalik hamda yorqin kechki makiyaj uchun ishlatish mumkin.
BIG LASH Waterproof suvga chidamli formulaga ega. Issiq va nam ob-havo, sayohat, dam olish hamda faol kunlar uchun qulay tanlov.
Tushni kiprik ildizidan uchigacha yengil zigzag harakatlar bilan surting. Yanada yorqin va hajmli natija uchun ikkinchi qatlamni surtish mumkin.
DIQQAT !!! ( Biglash KOK rangi ) Suvga chidamli tushni yog‘ asosidagi ikki fazali mitsellyar suv yoki gidrofil yog‘ bilan ehtiyotkorlik bilan tozalash tavsiya etiladi. Shundan so‘ng yuzni ko‘pik (penka) bilan yuvib, tozalashni yakunlang.
O‘zingizga mos BIG LASH variantini tanlang: klassik effekt, hajm va qayrilish yoki suvga chidamlilik — har kuni chiroyli kipriklar va ifodali nigoh uchun.

