• "Shaftoli po'sti" effektli premium dekorativ yostiq jildi (45x45 sm). Barxat nafisligi va ipak mayinligini o'zida mujassam etgan. Yashirin zamok, gipoallergen va bardoshli mato. Uyingiz uchun mislsiz yumshoqlik va shinamlik bag'ishlaydi.
Yangi dekorativ g'iloflar divaningizni, sevimli kreslongizni yoki karvotingizni butunlay o‘zgartirishga qodir. Bu xonada yorqin urg'ularni yaratish yoki faslga qarab interyer kayfiyatini o‘zgartirishning eng tezkor va hamyonbop usulidir. Shuningdek, u yaqinlaringiz uchun uy to‘yi yoki boshqa bayramlarga ajoyib va foydali sovg‘a bo‘la oladi.Interyeringizni tez va zamonaviy yangilashni xohlaysizmi?Goyat yumshoq matodan ishlangan dekorativ yostiq jildlari mehmonxona, yotoqxona yoki bolalar xonasi uchun shinamlik baxsh etuvchi ideal detallardir.

Asosiy afzalliklari:
"Shaftoli po‘sti" (Peach Skin) effekti: Matonig ustki qismi mayin va baxmaldek nozik fakturaga ega. U teginish uchun juda yoqimli — dam olish vaqtida maksimal qulaylikni ta’minlab, o‘ziga rom etadi.
Mukammal o'lcham: 45x45 sm o‘lchami standart dekorativ yostiqlar uchun aynan mos keladi.
G'oyat nafis ko'rinish: Tikilgan yashirin zamok (chaqmoq-molniya) mutlaqo ko‘rinmaydi. U mahsulotning ko‘rinishiga xalal bermaydi va mebel yoki teringizni chizib yubormaydi.
Chidamlilik va amaliylik: Mato yeyilishga chidamli, tivirlar (katishka) hosil qilmaydi, quyoshda rangi o‘chmaydi va ko‘p marta yuvilgandan keyin ham o‘z holatini saqlab qoladi.
Xususiyatlari:
O‘lchami: 45x45 sm.
Material: Shaftoli po‘sti effektli tekstil,polyester(juda yumshoq va gipoallergen).
Yopilishi: Yashirin zamok.
Parvarishlash: 30 darajali haroratda nozik yuvish tartibi tavsiya etiladi. Mato tez quriydi va deyarli dazmollashni talab qilmaydi.
Eslatma: To'plamda faqat dekorativ yostiq jildi mavjud (ichidagi yostig'isiz sotiladi).
