Ayollar uchun ikki qismli kostyum qulaylik va nafislikni uyg‘unlashtiradi. To‘plam keng bichimli, 3/4 yengli kofta va to‘g‘ri bichimli shimdan iborat. Ko‘krak qismidagi shoxsimon naqsh ko‘rinishidagi yaltiroq bezaklar kiyimga joziba bag‘ishlaydi. Koftaning yon tomonlaridagi cho‘ntaklar kundalik foydalanishda qulaylik yaratadi. Erkin bichim harakatlanishni osonlashtiradi. Kostyum ishga borish, sayr, mehmonlik va kundalik kiyinish uchun mos. Qora, bordo va to‘q yashil ranglarda mavjud. O‘lchamlar: 48, 50, 52, 54, 56, 58, 60.

